Ўзбекистон Чемпионати 15-16.06.2019 йил

15-16-iyun kunlari poytaxtimizda taekvondo (ITF) boʻyicha yoshlar (15-17 yosh)  va kattalar (18-39 yosh)  oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi. 15-iyun kuni poytaxtimizdagi “Sahovat sport servis” majmuasida musobaqaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda soʻzga chiqqan jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Qosimov Muhtaram Prezidentimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlar ekan, yoshlarimiz oʻrtasida taekvondo bilan shugʻullanuvchilar sonini yanada oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi va musobaqani rasman ochib berdi. Shundan soʻng soʻzga chiqqan Oʻzbekiston taekvondo (ITF) milliy assotsiatsiyasi prezidenti Laziz Xasanov erishilgan natijalarga toʻxtalar ekan bugungi kunga kelib yurtimizda taekvondoning ushbu yoʻnalishi bilan shugʻullanuvchilar soni 40 ming nafardan oshgani, joriy yilning aprel oyida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida vakillarimiz 14 ta oltin medalni qoʻlga kiritishganini aytib oʻtdi hamda ushbu chempionat ham kelgusidagi nufuzli musobaqalarga sportchilarni saralab olish maqsadida tashkil etilganligi maʼlum qildi.
 Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda mamlakat taekvondo ITF Milliy assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 1100 nafar sportchilar ishtirok etishdi.   16-iyunda bo’lib o’tgan   tul, massogi, jamoviy   tul va jamoviy massogi  bo’yicha o'zaro bellashuvda  umum  jamoa hisobida  o'rinlar quyidagicha taqsimlandi:  
 I o'rin      Buxoro viloyati
 II  o'rin    Toshkent shaxar  
 III  o'rin   Toshkent viloyati  
 IV  o'rin   Sirdaryo  viloyati 

 
 Ushbu musobaqada g’oliblikni qo’lga kiritgan  sportchilarimiz  24-30 avgustda Bolgariyada    bo’lib o’tadigan XXI Jahon Chempionatiga  yu’llanma olishdi.