29-31-mart kunlari Malayziya davlatining Shax-alam shahrida taekvondo (ITF) bo‘yicha I Osiyo – Tinch okeani chempionati boʻlib oʻtdi.
Dunyoning 14 davlatidan 1824 nafar sportchi ishtirok etgan ushbu musobaqada yurtimiz sharafini 14 nafar sportchimiz himoya qilishdi. Delegatsiyamizga Oʻzbekiston Taekvondo ITF Assotsiatsiya rahbari Laziz Xasanov boshchilik qildi.
Oʻzbekistonlik sportchilar musobaqada 14 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medalni koʻlga kiritishdi.
Bundan tashqari, musobaqadagi xalqaro toifadagi hakamlar tarkibidan hamyurtlarimiz Ubayt Mukarramov, Javlon Askarov va Zuxra Ergasheva joy olishdi.
Chempionatda vakillarimiz qoʻlga kiritgan yutuqlar quyidagicha:
1. Alloberdiyeva Nilufar 14 yosh, (40 kg) sparring 1-oʻrin , tul 1-oʻrin
2. Oktyabrov Shahobiddin 14 yosh, (45 kg) sparring 2-oʻrin
3. Shaniyazov Behruz 14 yosh, (40 kg) sparring 1-oʻrin
4. Yerkayev Nurbek 15 yosh, (48 kg) sparring 1-oʻrin
5. Xokimov Hojiakbar 10 yosh, (30 kg) sparring 1-oʻrin, tul 2-oʻrin
6. Jumanazarov Abrorbek 10 yosh, (36 kg) sparring 1-oʻrin, tul 2-oʻrin
7. Omonov Umidjon 15 yosh, (57 kg) sparring 1-oʻrin
8. Nosirova Xurshida 11 yosh, (40 kg) sparring 1-oʻrin, tul 1-oʻrin
9. Mustafoyev Muhammad 8 yosh, (20 kg) sparring 1-oʻrin, tul 3-oʻrin
10. Raufov Timur 8 yosh, (25 kg) sparring 1-oʻrin
11. Hamidullayeva Omina 7 yosh, (20 kg) sparring 1-oʻrin
12. Hamidullayev Abdurazzoq 8 yosh, (24 kg) sparring 1-oʻrin
13. Hamidullayev Abdujabbor 14 yosh, (40 kg) sparring 1-oʻrin
14. Murodullayev Sherzodjon 17 yosh, sparring 2-oʻrin, tul 3-oʻrin