Кубок Мира Минск, Беларусь 28.11.2018 - 04.12.2018

Joriy yilning 29-noyabr – 3-dekabr kunlari Belarus Respublikasi poytaxti Minsk shahrida taekvondo ITF yoʻnalishi boʻyicha yoshlar , kadetlar va kattalar oʻrtasida Jahon Kubogida musobaqalari boʻlib oʻtdi. Dunyoning 18 davlatidan 1975 nafar sportchi ishtirok etgan ushbu musobaqada yurtimiz sharafini 53 nafar sportchimiz himoya qilishdi. Delegatsiyamizga Oʻzbekiston Taekvondo ITF Assotsiatsiya rahbari Laziz Xasanov boshchilik qildi. Oʻzbekistonlik sportchilar musobaqada 18 ta oltin, 9 ta kumush va 18 ta bronza medalni koʻlga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egallashdi.