O‘zbekiston terma jamoasi Taekwon-Do ITF Jahon kubogida umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi
27-sentabr – 3-oktabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Turkiston shahrida Taekwon-Do ITF Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Nufuzli xalqaro musobaqada O‘zbekiston Taekwon-Do ITF milliy terma jamoasi tarkibida 42 nafar sportchi ishtirok etdi.
O‘zbekistonlik sportchilar Tul, Sparring, shuningdek, jamoaviy Tul va jamoaviy Sparring yo‘nalishlarida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdilar.
O‘zbekiston terma jamoasi natijalari:
30 ta — oltin medal
15 ta — kumush medal
17 ta — bronza medal
Jami: 62 ta medal
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Taekwon-Do ITF milliy terma jamoasi umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Ushbu natija O‘zbekiston Taekwon-Do ITF sportchilarining xalqaro maydondagi yuqori salohiyati, sportchilar va murabbiylarning samarali mehnati hamda milliy terma jamoaning tayyorgarlik darajasi yuqori ekanini yana bir bor namoyon etdi.
O‘zbekiston Taekwon-Do ITF milliy terma jamoasini ushbu munosib natija bilan samimiy muborakbod etamiz!
O‘zbekiston — olg‘a!
Taekwon-Do ITF — yangi zafarlar sari!








