16.09.2026
O‘ZBEKISTON CHEMPIONATI -2026
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Taekwon-Do ITF Milliy assotsiatsiyasining 2026-yilga mo‘ljallangan taqvim rejasiga asosan, 2026-yil 31-oktabr – 1-noyabr kunlari Samarqand shahrida Taekwon-Do ITF bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi.
Musobaqa quyidagi yosh toifalari o‘rtasida o‘tkaziladi:
- Kichik o‘smirlar
- O‘smirlar
- Yoshlar
- Kattalar
Sana: 31-oktabr – 1-noyabr 2026-yil
O‘tkazilish joyi: Samarqand shahri, «Alpomish» sport majmuasi
Musobaqa Taekwon-Do ITF qoidalari va tasdiqlangan nizom asosida o‘tkaziladi.